Getcontact hisob qaydnomasidagi raqamingizni o'zgartirish mumkin emas. Agar hozirgi Getcontact raqamingiz endi ishlamasa va yangi raqam olgan bo’lsangiz, siz hozirgi obunani bekor qilishingiz va ilovadan chiqishingiz mumkin. Keyin yangi raqamingiz uchun yangi hisob qaydnomasini yarata olasiz. Sizga Premium obuna va shu kabi huquqlaringizni yangi raqamingizga o'tkazish uchun quyidagi usullardan foydalanishni maslahat beramiz: - Agar Premium obunasi to’lovini Google Play yoki Apple Store orqali amalga oshirilgan bo’lsangiz, Premium obunani yangi raqamingizga “Xaridlarni qayta tiklash” tugmasini bosib o'tkazishingiz mumkin. Agar siz to’lov qilingan hisob qaydnomangizga kira olmasangiz, siz Premium obunaga bo’lgan huquqlaringizni ham yo'qotasiz. - Agar hisob-faktura kredit karta orqali amalga oshirilsa, iltimos, biz bilan bog'laning support@getcontact.com. Getcontact mutaxassisi vaziyatni ko'rib chiqadi va xaridlaringizni yangi raqamingizga o'tkazadi. Shuni esda tutingki, bunday holatda ushbu xaridlar sizning oldingi raqamingizda ortiq mavjud bo'lmaydi.